Jahon | 22:14 / 08.01.2016
5777
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston uy-joy bozorida bir xonali kvartiralar yetakchilik qilmoqda

Qozog‘istonda kichik o‘lchamli uy-joy boshqalariga nisbatan ko‘proq izlanmoqda. Bu yerda bir xonali kvartiralar katta talabga ega, bir oy ichida bunday kvartiralarga talab 2 mlndan ko‘proqni tashkil qilgan. Bundan “Krisha” saytidagi ma'lumotlar darak bermoqda.

Bir xonali kvartiralardan biroz orqada ikki xonalilar qolmoqda, ularga talab 15 foizdan kamroqni tashkil qilgan.

Uch xonali kvartiralarga talab 1 mln dan ko‘proq bo‘lgan.

4 va 5 xonali uylarga talab esa bir xonalilarga talabdan 10-15 barobar kamroq. 5 xonadan kattaroq kvartiralarga so‘rov yanada kamroqni tashkil qiladi. Kvartiraning maydoni qanchalik katta bo‘lsa, uni sotish shunchalik murakkabroq bo‘lmoqda.

“Krisha” saytida 70 mingta taklifdan 43 mingi yoki 61 foizi bir yoki ikki xonali, 29 foizi uch xonali kvartiralarga to‘g‘ri kelmoqda.

Kvartiralarni ijaraga berish bozorida esa boshqa vaziyat kuzatilmoqda – tanganing kursi sababli ijaraga uy oluvchilar topilmayapti.