Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik biznesmenlar daromadlari haqidagi hisobotni real vaqt rejimida topshiradilar
Qozog‘iston hukumati mehmonxonalar, go‘zallik salonlari, restoranlar va do‘konlar o‘z daromadlari haqidagi hisobotlarni real vaqt rejimida topshirishi ko‘rsatilgan hujjatni ma'qulladi.
Maxsus kassa apparatlari barcha pul operatsiyalari haqidagi ma'lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliya vazirligiga yetkazib turadi, deb xabar beradi KTK telekanali.
Hukumat vakillarining fikricha, bunday yalpi nazorat tadbirkorlar tushumining soyadagi qismini legallashtirish imkonini beradi.
“Biz bunday kassa apparatlar haqida eshitganmiz, o‘z apparatlarimizni almashtirishga tayyormiz. Ammo biz bir narsadan tashvishdamiz, u ham bo‘lsa, shovshuv ko‘tariladi, hamma bunday apparatlarni sotib ola boshlaydi, chunki ular juda zarur, negaki mukammalroq. Va apparatlar yetmay qolishi mumkin”, - dedi go‘zallik salonlaridan birining ma'muri Tatyana Aksyonova.
Yangi qonun mehmonxonalar, restoranlar, go‘zallik salonlari, chakana maishiy texnika va mebel sotuvchilari, shuningdek, ulgurji qurilish materiallari, metall buyumlar, santexnika va isitish uskunalari sotuvchilariga nisbatangina joriy qilinadi.