Sport | 17:53 / 08.01.2016
5875
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu: Benites bilan ko‘p vaqtni behuda yo‘qotdik

"Real" jamoasining asosiy futbolchilaridan biri Krishtianu Ronaldu o‘zining endilikda sobiq murabbiyi hisoblanadigan Rafael Benites haqida kinoya bilan esladi. Bu haqda El Confidencial nashri xabar yozgan.

"Biz u bilan ko‘p vaqtni behuda yo‘qotdik" degan portugaliyalik futbolchi Benitesning iste'fosi haqida eshitgach.

Ispaniya nashrida yozilishicha, Benites va Ronalduning munosabatlari avvalboshdan yaxshi bo‘lmagan. Bu ikki tomonning munosabatlaridagi tushunmovchiliklar futbolchining yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarni keltirib chiqargandi.