Fan-texnika | 15:18 / 08.01.2016
6064
1 daqiqa o‘qiladi

SanDisk 1 Tbayt hajmli eng yupqa SSD taqdim etdi

Xotira kartalari ishlab chiqaruvchi SanDisk kompaniyasi ikkinchi avlod TLC-xotirasiga asoslangan SSD X400 seriyasini ishlab chiqarishni yo‘l qo‘ydi. Yangi disklar ham SATA 3.0 interfeysli an'anaviy 2.5 dyuymli SSD, ham M.2 2280 shaklida sotiladi.

SSD ixcham platasi kompyuter korpusida deyarli joy egallamaydi, shu bois shaxsiy komyuterlar egalari oxirgi variantga ko‘proq diqqat qaratmoqda. 

X400ning an'anaviy versiyasi 7 mm qalinlikdagi standart korpusga ega, M.2 variantining qalinligi esa bor-yo‘g‘i 1.5 mm ni tashkil etadi, maksimal hajm ikki modelda ham bir xil: 128 Gbaytdan boshlanib, 1 Tbaytda tugaydi.

An'anaviy ravishda SanDisk mahsulotida kompaniyaning o‘z ishlanmalari qo‘llanilgan: nCache 2.0 (SLC-kesh), DataGuard va LDPC error correction. Bu X400 kartalarini besh yillik kafolat bilan ta'minlash imkonini beradi.