Jahon | 10:09 / 08.01.2016
2964
1 daqiqa o‘qiladi

Seul KXDR yadro sinovini o‘tkazgani sababli Keson zonasini yopmoqchi emas

Janubiy Koreya hukumati Pxenyan yadro sinovini o‘tkazganidan so‘ng KXDR bilan hamkorlikda tuzilgan Keson sanoat kompleksini yopish yoki o‘z mutaxassislarini olib chiqib ketish ehtimolini ko‘rib chiqmoqchi emas. Bu haqda Ryonhap agentligi ma'lum qildi.

“Biz hozircha “yopish” yoki “olib chiqish” kabi qadamlarni ko‘rib chiqqanimizcha yo‘q”, - dedi Janubiy Koreya Birlashish ishlari bo‘yicha vazirligi vakili.

U ayni paytda Janubiy Koreya hukumati kompleksdagi janubiy koreyalik mutaxassislar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha choralarni ko‘rib chiqmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish