Jamiyat | 16:52 / 08.01.2016
3451
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyadagi jurnalda Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi haqida maqola e'lon qilindi

Shveytsariyada nashr etiladigan “Diva International Diplomat” jurnalining navbatdagi sonida I. Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi haqida maqola chop qilindi.

Jahon AA ning xabariga ko‘ra, maqolada mamlakatimizda joylashgan I. Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi bilan yaqindan tanishtirilgan.

Britaniyaning “The Guardian” gazetasi uni dunyoning eng nufuzli muzeylaridan biri, deb atadi. Bugungi kunda bu yerda qariyb 90 ming asar joylashgan. Ular orasida grafika ishlari, kartinalar va haykaltaroshlik asarlari, minglab tarixiy topilmalar, to‘qimachilik hamda zargarlik buyumlari, ko‘hna Xorazm tamaddunidan tortib bugungi o‘zbek va qoraqalpoq rassomlarining ijodini aks ettiradigan asarlargacha mavjud.

Maqolada Igor Savitskiyning tarjimai holi hamda uning ilg‘or mo‘yqalam ustalari tomonidan yaratilgan ijodiy ishlarni asrab qolishga qaratilgan sa'y-harakatlariga alohida e'tibor berilgan.

“Soha mutaxassislarining qayd etishlaricha, bu kolleksiyadagi kashfiyotlar vositasida san'at tarixini qayta yozish mumkin. Sahro odamlari va ularning madaniyatidan ilhomlangan I. Savitskiy qoraqalpoq gilamlarini, milliy kiyimlar, qimmatbaho zargarlik buyumlari va boshqa san'at asarlarini zo‘r ishtiyoq bilan yig‘ishni boshlagan. Ayni paytda u rassomlarning Markaziy Osiyo bilan bog‘liq asarlari hamda ilg‘or rus mo‘yqalam ustalari bilan ham qiziqa boshlagan”, deb yozadi jurnal.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish