Sport | 15:04 / 08.01.2016
4729
1 daqiqa o‘qiladi

Suares irqchilik ruhiyatidagi haqorat ishlatganlikda ayblanmoqda

"Barselona" hujumchisi Luis Suares Ispaniya Kubogining nimchorak finali bosqichida "Espanol"ga qarshi kechgan uchrashuvda (4:1) raqib yarim himoyachisi Papakuli Diop bilan dahanaki jangga kirishgandi.

"Espanol" klubi tomonidan ta'kidlanishicha, Suares Diopni irqchilik ruhiyatidagi so‘zlar bilan haqorat qilgan. Shundan so‘ng Diop o‘zini tutib tura olmagan va qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Suaresning faoliyatida bunga o‘xshash holat bundan oldin ham ro‘y bergan edi. U "Liverpul" a'zosi bo‘lgan vaqtlarida "Manchester Yunayted" himoyachisi Patris Evrani haqorat qilgan va 8ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.

Hakam: Suares "Espanol" o‘yinchilarini axlat deb atab, janjal keltirib chiqardi