Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 14:56 / 08.01.2016
15707
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda kuchsiz zilzila qayd etildi
Bugun, 8 yanvar kuni Toshkent shahrida 14:07da kuchsiz yer osti silkinishi qayd etildi. “Toshkent” markaziy seysmostansiyasi ma'lumotiga ko‘ra, Toshkentda kuzatilgan zilzilaning kuchi 2 ballga yetmagan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Afg‘onistonning Hindikush tog‘larida, Toshkentdan 540 kilometr masofada bo‘lgan. Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 32 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan zilzila magnitudasi 5 ballga teng bo‘lgan.