Jamiyat | 17:15 / 08.01.2016
4530
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi diplomatiya aloqalari o‘rnatilganining 24 yilligi nishonlandi

6 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi diplomatiya aloqalari o‘rnatilganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda Toshkentdagi diplomatiya korpusi vakillari, mamlakatimiz vazirlik va idoralari, ijodiy jamoalar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Kontsert dasturida o‘zbek va xitoy milliy musiqalari hamda jahon mumtoz musiqalaridan namunalar ijro etildi, deb yozadi Jahon AA.