Jahon | 16:13 / 08.01.2016
3683
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy TIV Jon Kerrining XXRning KXDR bo‘yicha “o‘zgacha yondashuvi” omadsizlikka uchragani haqidagi e'tirofni inkor qildi

XXR TIV AQSh davlat kotibi Jon Kerrining rasmiy Pekinning KXDR yadroviy muammosi bo‘yicha “o‘zgacha yondashuvi” omadsizlikka uchragani haqidagi bayonotini inkor qildi.

“Shuni qayd qilib o‘tmoqchimanki, Shimoliy Koreya yadroviy muammosi qanday kelib chiqqanini hamma biladi. Bu muammoning asosi Xitoyda emas, uni hal qilish yechimi ham Xitoyda emas”, - dedi TIV rasmiy vakili Xua Chunin bugun o‘tkazilgan brifing chog‘ida.

Chunin xonim Xitoy Koreya yarim orolida tinchlik va barqarorlikni ta'minlash yo‘lida ishlashda davom etayotganini eslatib o‘tdi.“Bu barcha tomonlarning manfaatlariga javob beradi va Xitoy mazkur yo‘nalishda sa'y-harakatlarini ayamayapti”, - ta'kidladi u.

Ilgari xabar qilinganidek, AQSh davlat kotibi Jon Kerri Xitoy KXDRga bosim o‘tkazuvchi asosiy kuch vazifasining uddasidan chiqa olmaganini va Shimoliy Koreya atom bombasi muammosini hal qila olmaganini aytib o‘tgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish