Texnologiya | 21:31 / 09.01.2016
4786
2 daqiqa o‘qiladi

CES 2016da Dell yangi noutbuklar va monitorlarni namoyish qildi

Dell kompaniyasi Las-Vegasda o‘tayotgan CES 2016 ko‘rgazmasida bir qator yangi uskunalar, jumladan, noutbuklar va monitorlarni namoyish qildi. Quyida ularga qisqacha to‘xtalamiz.

Inspiron 11 3000 bozordagi eng arzon noutbuklardan biridir. U AQShda 200 dollarga sotiladi. Shu pul evaziga xaridor 11 dyuymli ekranga, Intel Celeron protsessorli, 2 GB RAM va 32 Gbayt xotiraga ega uskuna sohibiga aylanadi. Noutbuk Windows 10 asosida ishlaydi hamda oq, qizil va ko‘k korpuslarda taklif qilinadi.

Latitude 11 5000, Latitude 12 7000 i Latitude 13 7000 uskunalari Latitude modelining davomi bo‘lib, 10.8, 12.5 va 13 dyuymli ekranlarga ega. Latitude 12 7000 va Latitude 11 5000 klaviaturaga qo‘shilgan planshetlardir. Ularning bari Windows 10da ishlaydi, Intel Core M protsessorlari va InfinityEdge ekranlari bilan, shuningdek, ko‘plab portlar (USB Type-C, USB 3.0, microSD, HDMI va boshqalar) bilan ta'minlangan. Latitude 11ning narxi 749 dollarni, Latitude 12 narxi 1049 dollarni, Latitude 13 narxi esa 1299 dollarni tashkil qiladi.

Dell, shuningdek, o‘z tarixida birinchi marta 30 dyuymli OLED-ekranli 4K yechimli monitorni ishlab chiqdi. U USB Type-C porti orqali quvvatlantiriladi. U mart oyidan 5 ming dollar narxda sotuvga chiqariladi.

Dell arzonroq monitorlarni ham taklif qiladi: 23-dyuymli model, 429 dollarlik, hamda 24 dyuymli model, 469 dollar evaziga.