Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelnda politsiya namoyish qatnashchilarini vodometlar bilan haydadi
Keln politsiyasi Germaniya kansleri Angela Merkel iste'fosini talab qilgan PeGIDA islomga qarshi harakat tarafdorlari qatnashchilari aksiyasini tarqatmoqda.
Futbol fanatlari ham kelib qo‘shilgan norozilik harakati ishtirokchilari politsiyaga qarata butilka va petardalar otishgan.
Keln markazida bir necha aksiyalar bo‘lib o‘tmoqda. Ikki mingdan ortiq kishi ayollarga qarshi “yangi yil zo‘ravonligi”ga qarshi chiqishmoqda. Shuningdek, irqchilik va qochoqlarni himoya qilish masalalariga qaratilgan chiqishlar bo‘lib o‘tmoqda.
Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, aksiya qatnashchilari o‘rtasida birinchi to‘qnashuvlar yuzaga kelyapti.
Mahalliy politsiya Yangi yil arafasida Keln markazida ayollarga nisbatan uyutirilgan hujumlar borasidagi ma'lumotlarni o‘rganmoqda.