Texnologiya | 20:55 / 09.01.2016
5070
2 daqiqa o‘qiladi

Kia o‘zining katta yo‘ltanlamasiga nom tanladi

Kia kompaniyasi katta yo‘ltanlamas prototipining yangi tizerini e'lon qildi. Telluride (ilgari kontsept KCD12 indeksi ostida tilga olinardi) nomini olgan model keyingi hafta Detroytdagi motorshouda namoyish etiladi.

Kontsept-karning birinchi tizeri yo‘ltanlamasni old tomonidan namoyish etadi, suratda esa uning intereri aks etadi. Prototip elektron uskunalar paneli va rul g‘ildiragida sensor tugmalariga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, bu avtomobil Kia tarixidagi birinchi 3D-printerda chop etilgan detallar bilan jihozlangan model bo‘ladi. Xususan, bunday unsurlar rul, uskunalar va eshik panellarida qo‘llanilgan.

Prototip Kia’ning Kaliforniyadagi dizayn-studiyasida ishlab chiqilgan. Ishlab chiqaruvchilar kontsept eng oxirgi texnologiyalar bilan jihozlanishini, eng zamonaviy xavfsizlik tizimiga ega bo‘lishini ta'kidlamoqda.

Norasmiy ma'lumotlarga qaraganda, Kia Telluride prototipi Mohave yo‘ltanlamasining o‘rnini egallaydigan yangi model uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish