Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika prezidenti narkobaron Xoakin Gusman Loeraning qo‘lga olinganini ma'lum qildi
Meksika prezidenti Enrike Penya Neto mamlakatdagi eng qidiriluvchi jinoyatchilardan biri – “Pakana” laqabli narkobaron Xoakin Gusman Loeraning qo‘lga olinganini ma'lum qildi. U bu haqda o‘z tvitterida ma'lum qildi.
“Missiya bajarildi: biz uni tutdik. Men meksikaliklarga Xoakin Gusman Loera qo‘lga olinganini ma'lum qilmoqchiman”, deb aytdi Neto.
Taniqli narkobaron Xoakin Gusman Loera 2015 yilning iyulida 1,5 km yer osti yo‘li orqali qamoqxonadan qochib ketgandi.
Loeraning qochishiga aloqadorlikda gumon qilinib Meksika axloq-tuzatish muassasalarining bosh koordinatori Selina Osegera Parra va yana 12 kishi hibsga olingandi.