Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:15 / 09.01.2016
3477
1 daqiqa o‘qiladi
Misrdagi mehmonxonaga hujum uyushtirgan 3 nafar jinoyatchi o‘ldirildi
Misrning Xurgada kurort shahridagi mehmonxonalardan biri, uch yulduzli Bella Vista yaqinida uch noma'lum kishi odamlarga hujum qilishi oqibatida uch nafar xorijlik – daniyalik, belgiyalik va germaniyalik sayyoh jarohat oldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Bu haqda Misr sayyohlik palatalari uyushmasi boshqaruvi a'zosi Xusam Shoir ma'lum qildi. Uning aytishicha, bosqinchilarning barchasi politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.