Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tungi vaqt navbatdagi zilzila qayd etildi
O‘zbekistonning poytaxti Toshkent va boshqa bir qator hududlarida 2016 yil 9 yanvar tungi soat 04:02 da navbatdagi zilzila qayd etildi. Toshkentda zilzila kuchi 3.0 ballni tashkil qilgan.
Zilzilaning markazdagi magnitudasi 4.0 ballni tashkil qilgan, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda, markazi Toshkentdan 57 km uzoqlikda, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida bo‘lgan.
Zilzila markazi koordinatalari: 40’58’48 sh.k., 69’04’12 sh.u.
Eslatib o‘tamiz, 8 yanvarda ham O‘zbekistonda soat 14:07 da 2 balldan kamroq zilzila qayd etilgandi. Zilzila o‘chog‘i Afg‘onistonning Hindikush tog‘larida, Toshkentdan 540 kilometr masofada bo‘lgan.