Sport | 08:23 / 09.01.2016
4830
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning “Lokomotiv” klubi tarkibida gollandiyalik legioner ko‘rikdan o‘tadi

Yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi ikkinchi yig‘inni kecha yakunladi va bugundan jamoaning yig‘ini Dubayga ko‘chadi.

“Temiryo‘lchilar” BAAda klubi 9-22 yanvar kunlari joriy yil hisobidan ilk xorij yig‘inini o‘tkazishadi. Mazkur yig‘in doirasida “Loko” bir qator futbolchilarni ham ko‘rikdan o‘tkazadi. Ular orasida legionerlar ham bo‘lishini ta'kidlab o‘tishimiz joiz. “Lokomotiv” bosh murabbiyi Mirko Yyelichichning aytishicha, yig‘inda qatnashadigan legionerlardan biri Gollandiya chempionatidan tashrif buyuradi.

Ta'kidlab o‘tamiz, “temiryo‘lchilar” bu yig‘in doirasida uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni ham rejalashtirishgan. “Loko” dastlab “Al Ahli”, so‘ngra “Xenan Jiane” va yakunda Slovakiya (U-21) terma jamoalari bilan sinov-nazorat bahslarida maydonga tushiladi, deb yozadi Sports.uz nashri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish