Texnologiya | 19:52 / 09.01.2016
5220
1 daqiqa o‘qiladi

Toyota Yaris va RAV4ni uyg‘unlashtirdi

Toyota kompaniyasi ikki eshikli kontseptual ViRA yo‘ltanlamasning birinchi rasmlarini chop etdi. Uning debyuti shu oyda Tokio avtosalonida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Marka vakillarining so‘zlariga qaraganda, prototip ViTZ kompakt-karining (Yaris nomi ostida sotiladi) RAV4 krossoveri bilan uyg‘unlashtirilgan variantidir, modifikatsiya nomi ham shu ikki model nomlarining birinchi sahifalaridan olingan.

Shunga qaramay, kontseptning tashqi ko‘rinishida bu avtomobillar dizayni elementlari ishlatilmagan.

Boshqa ma'lumotlar hozircha taqdim qilinmadi.