Sport | 14:53 / 09.01.2016
3510
1 daqiqa o‘qiladi

Van Gal: Yanuzay berilgan ikkinchi imkoniyatdan foydalanmoqchi

“Manchester Yunayted” jamoasi qanot o‘yinchisi Adnan Yanuzay Dortmundning “Borrusiya”sida muvaffaqiyatli chiqish qila olmaganiga qaramay, MYuda ikkinchi imkoniyatga ega bo‘ladi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal aytib o‘tdi.

“Uill Kinda bo‘lgan voqea takrorlanmoqda, - dedi u. – Ular ikkinchi imkoniyatga ega bo‘lish uchun qaytishadi. Men uning iste'dodiga ishonaman va bu haqda ilgari ham aytganman. “Borussiya”ga o‘tish qarori to‘g‘ri qaror edi, deb hisoblayman”.

Eslatib o‘tamiz, dortmunliklar o‘zlari ijaraga olgan Yanuzayni MYuga muddatidan ilgari qaytarishdi.