Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:23 / 09.01.2016
2941
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiya G7 sammitida KXDR yadroviy qurolini muhokama qilmoqchi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe G7 sammiti kun tartibiga Shimoliy Koreyani yadroviy quroldan mahrum qilish masalasini qo‘ymoqchi. TASS agentligining eslatib o‘tishicha, sammit may oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tadi.
Kyodo agentligi bergan ma'lumotga qaraganda, Abe Pxenyanning 6 yanvarda vodorod bombasini sinovdan o‘tkazishi butun dunyoga jiddiy tahdid soladi, deb hisoblamoqda. Yaponiya bosh vaziri, shuningdek, KXDRga qarshi rezolyutsiya hozirlanayotganini aytgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish