Sport | 10:44 / 10.01.2016
2758
1 daqiqa o‘qiladi

“Monako” Vagner Lavni sotib olganini tasdiqladi

“Monako” klubi rahbariyati Braziliyaning “Korintians” jamoasi hujumchisi Vagner Lavni sotib olganini tasdiqladi. Bu haqda “Monako” prezidenti o‘rinbosari Vadim Vasilev ma'lumot berdi.

“Biz Vagner yaqin kunlarda yetib kelishini kutmoqdamiz”, - uning so‘zlarini keltiradi klubning matbuot xizmati.

Ilgariroq Braziliya matbuotida 31 yoshli hujumchi 1.5 mln yevro evaziga “Korintians”dan xarid qilinganini xabar bergan edi. Endilikda bu ma'lumot rasman tasdiqlandi.

Matbuot anjumani chog‘ida Vasilev “Monako” kolumbiyalik hujumchisi Falkaoning “Chelsi”dagi ijarasini muddatidan ilgari to‘xtatishi mumkinligi haqidagi ma'lumotni inkor qildi.

“U jarohat olib, sakkiz haftaga safdan chiqdi, shu bois uni chaqirib olmaslikka qaror qildik”, - dedi Vasilev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish