Fan-texnika | 00:18 / 10.01.2016
21070
5 daqiqa o‘qiladi

2015 yilning eng yaxshi ixtirolari

Ushbu yilda hayotimizni yengillashtiradigan ko‘plab ixtirolar qilindi. Saytimiz ular orasidan eng qiziqarlilarini tanlab oldi.

Xavfsiz yuk mashinasi

Fantastika deysizmi? “Samsung” esa bu texnologiyani Argentinada ommaviy ravishda yo‘lga qo‘ymoqda. Bularning bari yuk mashinalarining halokatga uchrashlarining oldini olish uchun qilinmoqda.

 

Xoverbord

Yarim segvey, yarim skeytbord. Tanani nazorat qilish orqali boshqariladi. Uning ustida turli tryuklarni bajarish va hatto raqsga tushish ham mumkin.

 

Virtual voqelik simulyatori

“Google Glass” ko‘zoynaklaridan farqli ravishda, “Microsoft” kompaniyasi to‘laqonli virtual voqelik simulyatori — “Microsoft HoloLens”ni taklif etmoqda. NASA ushbu qurilmadan Mars yuzasini modellashtirishda foydalanmoqda.

 

Ovqat pishirishni o‘rgatadigan tova

Endi tova qizidimi-yo‘qmi, ovqatni aralashtiradigan vaqt bo‘ldimi, ovqat pishdimi deb o‘ylanishga hojat yo‘q. Bu tova steykni qachon ag‘darish kerak, qachon tayyor bo‘lishini aytib turadi.

 

Suvni tozalaydigan kitob

Bu kitobning sahifalari — 99 foiz zararli bakteriyalarni tutib qoladigan filtrlardir. Undan qanday foydalanish esa kitob sahifalarida yozilgan.

 

Quvvat bag‘ishlovchi makaron

Bu pastadagi oqsil miqdori odatdagidan ikki baravar, kletchatka esa to‘rt baravar ko‘p, uglevod miqdori esa juda kam.

 

Okean uchun changyutkich

Axlatni to‘r bilan tutish qimmatga tushadigan og‘ir mehnat. Mazkur loyiha mualliflari uzunligi 100 kilometrli to‘siq yordamida axlatni tutishmoqchi.

 

Bolalarni dasturlashga o‘rgatadigan to‘p

Dasturlovchilarga bo‘lgan talab tobora oshib bormoqda, shuning uchun “Made by Many” kompaniyasi bolalarga yoshligidan dasturlashni o‘rgatishni taklif qilmoqda. “Hackaball” — mobil ilova bilan sinxronlashadi va bolalarga dasturlashni o‘rgatadi.

 

Havo ifloslanganligini aniqlaydigan detektor

U atrofdagi havo tarkibini aniqlaydi. Uning yordamida allergiya chaqiruvchi turli changlardan qochish mumkin.

 

Ichida gidromassajli vannasi bo‘lgan halinchak

“Hydro Hammock” deb nomlangan bu ixtiro dala-hovlisi borlar uchun kerakli buyum.

 

Uyni qulflaydigan qurilma

Uyi eshigini qulflagan-qulflamaganligini unutib qo‘yadiganlar uchun ajoyib ixtiro. Qurilmani telefon bilan sinxronizatsiya qilgach, siz uyingiz eshigi qulflanganmi-yo‘qmi aniq bilasiz, uyingizga kim kelib-ketayotganidan ham xabardor bo‘lib turasiz.

 

Aqlli quloqlar

Bu devays smartfonga o‘rnatilgan ilova yordamida atrofdagi yoqimsiz tovushlarni eshitmaslik imkonini beradi. Masalan, nariroqda chinqirib yig‘layotgan bolaning yig‘isi yoki ishlayotgan mashinaning shovqinli tovushini yo‘q qilish mumkin.

 

Hurrak otishga qarshi moslama

Bu qurilma hurrak otish boshlanishi bilan ishga tushadi. U yostiq ostiga o‘rnatilgan uskunani ko‘taradi. Yostiq ko‘tarilishi natijasida boshning holati o‘zgaradi va natijada burun-tomoq muskullari qisqaradi. Hurrak otish esa to‘xtaydi.

 

Go‘daklar uchun biobilaguzuk

Bu qurilma go‘dakning yurak urishi, tana harorati va salomatligiga oid boshqa ma'lumotlarni smartfondagi ilova orqali ota-onaga yetkazadi. U bola qachon uyg‘onishini ham ayta oladi.

 

Gitara uchun elektron orkestr

Gitarangizga “ACPAD” panelini ulasangiz kifoya, yuzlab musiqa asboblari sizga jo‘r bo‘ladi.

 

O‘simlik bilan birga o‘sadigan tuvak

“Ayaskan” studiyasi yaratgan bu tuvak o‘simlik bilan birga o‘sadi.

 

Suhbatlashish mumkin bo‘lgan o‘yinchoq

Faqat so‘zlarni qaytaradigan boshqa o‘yincholardan farqli o‘laroq, bu dinozavr bolalar bilan suhbatlasha oladi. U savol beradi, bolalarning savollariga javob qaytaradi.

Manba: Xabardor.uz