Jahon | 16:21 / 10.01.2016
4508
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston harbiylari toliblarni shimoldagi ayrim hududlardan siqib chiqardi

Afg‘oniston qurolli kuchlari o‘tkazgan maxsus operatsiyada davomida mamlakat shimolida Tolibon nazorati ostidagi ayrim tumanlar ozod qilindi. Bu haqda mahalliy mudofaa vazirligiga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, harbiylar Taxor viloyatining bir qismidan Tolibon kuchlarini siqib chiqarishga erishgan. Otishma paytida 30 jangari o‘ldirilgan.