Sport | 11:05 / 10.01.2016
3652
1 daqiqa o‘qiladi

Benzema Ispaniya chempionatidagi 100-golini urdi

Madridning “Real” jamoasi Ispaniya chempionatining 19-turi doirasida “Deportivo”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvda hujumchi Karim Benzema mazkur jamoa tarkibida ushbu turnirdagi 100-golini urdi. O‘yin “Real” foydasiga 5:0 hisobi bilan yakunlandi, unda Benzema dubl muallifiga aylandi.

Ta'kidlab o‘tish kerak, Benzema “Real”ning bu natijaga penaltilarsiz erishgan birinchi futbolchisi bo‘ldi.

“Real” tarkibida Ispaniya chempionatida Benzema jami 202 uchrashuv o‘tkazgan. Uning jamoa tarkibidagi umumiy o‘yinlari soni 299ta, gollari soni esa 150tadir.