Jahon | 10:31 / 10.01.2016
11383
1 daqiqa o‘qiladi

Donald Trampning saylovoldi mitingidan musulmon ayoli haydab yuborildi

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning Janubiy Karolina shtatidagi Rok-Xill shahrida o‘tgan saylovoldi mitingidan musulmon ayoli haydab yuborildi. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.

Hijobga o‘rangan, “Men tinchlik uchun keldim” yozuvi tushirilgan futbolka kiyib olgan 56 yoshli styuardessa Trampning suriyalik qochqinlar haqidagi keskin gaplariga e'tiroz bildirib, o‘rnidan turib oldi. U bir og‘iz ham gapirmadi.

Olomon shovqin solib va hushtak chalib, ayolga e'tiroz bildirdi. Politsiya ayolni zaldan olib chiqib ketdi.