Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron TIV Saudiyaning dushmanona harakatlariga nisbatan sabrli munosabatda bo‘layotganini ta'kidladi
Eron Saudiya Arabistonining dushmanlik kayfiyatida amalga oshirayotgan qadamlariga nisbatan sabrli munosabatda bo‘lmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chjan Min bilan Tehronda o‘tgan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.
“Eron Islom Respublikasi shu paytga qadar Riyodning Tehronga nisbatan ko‘rayotgan dushmanlik ruhidagi qadamlariga sabrli munosabatda bo‘lyapti”, - dedi u Press TV telekanali efirida.
“Shu paytga qadar Saudiya Arabistonning salbiy choralariga javob bermadik, bo‘layotgan ishlarga sabrli munosabat ko‘rsatdik, chunki Eronning donoligi va saudiyalik amaldorlarning puxta o‘ylanmagan yondashuvi o‘rtasida katta farq bor”, - qo‘shimcha qildi diplomat.
Zarif Eron mintaqada keskinlikni oshirish yo‘lidan bormasligini yana bir bor uqtirdi.