Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronlik yirik amaldor Saudiya elchixonasiga uyushtirilgan hujum tufayli ishdan bo‘shatildi
Tehron general-gubernatorining o‘rinbosari Saudiya Arabistoni elchixonasiga uyushtirilgan uyushtirilgan hujum tufayli lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Press TV telekanali xabar bermoqda deb yozadi "RIA Novosti".
IIV vakili bergan bayonotga ko‘ra, Safar Ali Baratlu “o‘z vaqtida vazifasini bajarmagan hamda Eron ichki ishlar vaziri Abdulrizo Rahmoniy Fazliyning qaroriga muvofiq ishdan bo‘shatildi”.
3 yanvar kuni Saudiya Arabistonida mahalliy shia ruhoniysi Nimr an-Nimrning qatl qilinishi munosabati bilan mamlakatning Tehrondagi elchixonasi binosiga norozilik namoyishiga chiqqan olomon hujum uyushtirdi. Eron mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda.