Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:42 / 10.01.2016
2635
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniya Liviya harbiylarini mashq qildirishni o‘z zimmasiga oladi
Germaniya Liviyaga o‘z harbiy mutaxassislarini yo‘llaydi. Spiegel gazetasida yozilishicha, germaniyalik harbiylar liviyalik hamkasblarini IShIDga qarshi kurashga tayyorlaydi.
Tashabbus Germaniya tashqi ishlar vaziri tomonidan Liviya bo‘yicha Rimda o‘tkazilgan xalqaro uchrashuvda aytib o‘tildi. Aytilishicha, Germaniya kontingenti 150-200 harbiydan iborat bo‘ladi. Ular Liviya harbiylarini Iroqdagi kurd ko‘ngillilariga nisbatan qo‘llanilgan namuna asosida tayyorlaydi.
Missiyaga italiyalik zobitlar ham qo‘shilishi mumkin.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish