Jahon | 11:37 / 10.01.2016
5844
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In yadroviy sinovlarni AQShdan himoya vositasi deb baholadi

KXDR yetakchisi Kim Chen In yaqinda o‘tkazilgani aytilayotgan vodorod bombasi sinovlarini AQSh agressiyasidan himoyalanish akti deb hisoblaydi. Bu haqda uning Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytildi.
“KXDRda vodorod bombasining sinovdan o‘tkazilishi o‘zimizni himoya qilish aktidir, biz Koreya yarim orolida tinchlikni muhofaza qilish hamda AQSh imperialistlari keltirib chiqarayotgan atom urushi tahdidini bartaraf qilib, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashga urinmoqdamiz”, - deyiladi bayonotda.
Kim Chen In bunday sinovlar Shimoliy Koreyaning qonuniy huquqi ekanligini qayd qilib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish