Texnologiya | 12:00 / 10.01.2016
3010
1 daqiqa o‘qiladi

Korean Air harbiy dronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Korean Air kompaniyasi Janubiy Koreya hukumatiga harbiy uchuvchisiz uskunalar taqdim etishni boshlaydi, deb xabar bermoqda Ryonxap agentligi.
Shartnoma qiymati 333 mln dollarni tashkil qilmoqda. U 2016-2020 yillarda harbiy dronlar ishlab chiqarish va mamlakat qurolli kuchlariga yetkazib berishga mo‘ljallangan.
Aytilishicha, ishlab chiqarilishi ko‘zlanayotgan uskunalarning uzunligi 4.2 m ni, kengligi 3.4 m ni tashkil qiladi. uskuna detallarining 95 foizi Janubiy Koreya kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish