Jahon | 12:32 / 10.01.2016
3276
1 daqiqa o‘qiladi

Kyolndagi hujumlar taftishiga 100 nafar politsiyachi jalb qilindi

Kyoln politsiyasining 100dan ortiq xodimi Yangi yil kechasi ayollarga uyushtirilgan hujumlarni tekshirishga jalb qilingan, deb xabar beradi Deutsche Welle radiosi.
Ilgari xabar qilinganidek, umumiy hisobda bunday hujumlar yuzasidan kelib tushgan arizalar soni 379tani tashkil qilgan. Da'vogar ayollarning 40 foizi ularga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qo‘llanilganini e'tirof etmoqda.
Gumondorlarning kattagina qismi Shimoliy Afrikadan tashrif buyurgan qochqinlardir.