Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:46 / 10.01.2016
3467
1 daqiqa o‘qiladi
Misrda bir necha yildan buyon birinchi marta parlament majlisi chaqirildi
Misrda bir necha yildan buyon birinchi marta parlament majlisi chaqirildi, deb xabar beradi Reuters agentligi mahalliy televideniye ma'lumotlariga tayangan holda.
Palata vakillarining 568 nafari o‘tgan yil kuzida saylangan bo‘lsa, qolgan 28 kishi esa davlat rahbari tomonidan tayinlangan edi.
Yig‘ilish chog‘ida deputatlar qasamyod qabul qilishi aytilmoqda. Bundan tashqari, spiker va uning o‘rinbosarini tayinlash uchun ovoz berish o‘tkaziladi.