Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:04 / 10.01.2016
4044
1 daqiqa o‘qiladi
Patrushevlarning kichigi, ikki yil davomida ko‘rgan zarariga qaramay, yil bankiri deb tan olindi
Rossiya federal xavfsizlik xizmatining sobiq direktorining o‘g‘li, Rosselxozbank boshqaruvi raisi Dmitriy Patrushev XI milliy bank premiyasiga “Yil bankiri” nominatsiyasi bo‘yicha sazovor bo‘ldi.
Jyuri bank faoliyati asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha jadallashganini ta'kidlab o‘tdi. Uning Rossiya agrosanoat kompleksiga qo‘shgan hissasi alohida qayd qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Patrushev rahbarligidagi Rosselxozbank ketma-ket ikki yildan buyon zarar ko‘rib kelmoqda.