Jamiyat | 12:10 / 10.01.2016
5562
1 daqiqa o‘qiladi

Shon Penning El Chapodan olgan intervyusi chop etildi

Amerikalik kinoaktyor Shon Penn qamoqdan qochib ketib, yaqinda yana qo‘lga olingan meksikalik narkobaron El Chapodan olgan intervyusi chop etildi. Suhbat Rolling Stone jurnali uchun olingan edi.
Aytilishicha, bu asl ismi Xoakin Gusman bergan birinchi intervyu bo‘ldi. Shon Penn Gusmanning qo‘lga olinishidan muqaddam maxfiy boshpanada u bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan.
Aktyorning savollariga javob berarkan, Gusman Meksikada narkotrafik rivojlanishida uning tutgan o‘rni ko‘pirtirib yuborilganini ta'kidlab o‘tgan. Shuningdek, u giyohvand moddalar savdosi Lotin Amerikasi va boshqa mintaqalar madaniyatining bir qismiga aylanib qolganini aytgan.
El Chapo imkon qadar kuch ishlatmasligiga va zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymasligiga ishontirdi.
“Menga qarang, men nima qilyapman? O‘zimni himoya qilyapman. Men o‘zim muammo boshlaymanmi? Hech qachon”.