Texnologiya | 22:38 / 10.01.2016
3425
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada smartfonlar uchun insonning nafas olishiga qarab unda saraton bor-yo‘qligini aniqlaydigan sensor ishlab chiqiladi

Yaponiyalik mutaxassislar smartfonlar uchun insonning nafas olishiga qarab unda saraton bor-yo‘qligini aniqlaydigan sensor ustida ishlamoqda. Mahalliy matbuotda xabar qilinishicha, loyihada bir qancha yirik kompaniyalar, shuningdek, Milliy moddashunoslik instituti va Osaka universiteti mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Aytilishicha, datchik xasta inson tomonidan nafas bilan birga chiqariladigan maxsus organik birlashmalarni tekshiradi. Uskunani smartfonga ulab ishlatsa bo‘ladi, olingan tahlil natijalari ekranda ko‘rinadi.

Shu tariqa, uskuna birlamchi diagnostikani o‘tkazib, insonda saraton yoki boshqa jiddiy xastaliklar bor-yo‘qligini aniqlab beradi.

Olimlar uskunaning birinchi prototipini yaratib bo‘lgan, ammo loyihani oxiriga yetkazish uchun bir necha yil talab etiladi. Sensorni imkon qadar ixcham va arzonroq qilib ishlash ustida bosh qotirilmoqda. Ammo eng qiyin masala havodan tilga olingan organik moddalarni topib, uskuna ularni taniydigan ma'lumotlar bazasiga ulanishidir. Bu ilmiy masala, ta'kidlanishicha, hali yechimini topgani yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish