Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 yanvar kuni Toshkent shahri va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kuzatiladi
12 yanvar kuni kechasi Toshkent shahri, Andijon, Namangan va Farg‘ona shuningdek, Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» markazi xabar bermoqda.
Manba axborotiga ko‘ra, shu kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. 11-12 yanvar kunlari tog‘oldi hududlariga sel kelish xavfi mavjud.
Mamlakatning qolgan hududlarida havo o‘zgarib turadi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. Barcha hududlarda tuman kuzatilishi mumkin. Shamol O‘zbekiston bo‘ylab soniyasiga 7—12 metr tezlikda esishi kutilmoqda.
Havo harorati 12 yanvarga o‘tar kechasi tog‘li hududlarda -7 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -5 darajagacha, Toshkent shahridan boshqa qolgan hududlarda -2 darajagacha sovishi mumkin. 12 yanvar kuni kunduzi esa O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati +2…+15 daraja oralig‘ida iliq bo‘lishi kutilmoqda.