O‘zbekiston | 11:07 / 11.01.2016
7905
2 daqiqa o‘qiladi

2016 yilda O‘zbekistonda 4 mlrd dollarlik xorijiy investitsiya o‘zlashtiriladi

O‘zbekiston 2016 yilda 154ta investitsion loyiha bo‘yicha 4,042 milliard dollar hajmdagi xorijiy sarmoyani o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu prezident Islom Karimov tomonidan imzolangan joriy yildagi Investitsion dasturdan o‘rin olgan, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

Hukumat tomonidan kafolatlangan xorijiy kreditlar evaziga 69ta loyiha bo‘yicha 1,339 milliard dollar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, 85ta loyiha bo‘yicha 2,703 mlrd dollar — to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi.

Eng ko‘p xorijiy investitsiyalar — 2,29 mlrd dollar issiqlik-energetika sohasidagi 34ta loyihaga yo‘naltiriladi. 2,104 mlrd dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar esa neft-gaz sohasidagi 14ta loyihaga ajratiladi.

Bundan avvalroq esa 2015 yilda O‘zbekiston 3,53 mlrd dollarlik hajmdagi xorijiy investitsiyani o‘zlashtirishni rejalashtirgani xabar qilingan edi. Hukumat ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilning yanvar-sentabr oyida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi undan avvalgi yilning xuddi shu davriga nisbatan 11 foizga ortib, 2,4 milliard dollarni tashkil etgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish