Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Amkar» jamoasi legionerining o‘g‘irlangan rafiqasi asirlikdan ozod etildi
Rossiyaning «Amkar» klubi futbolchisi Fegor Ogudening xotini o‘g‘rilab ketilganidan olti kun o‘tib asirlikdan qutqarib olindi. Bu haqda Premium Times Nigeria nashri Nigeriya yoshlar terma jamoasi matbuot xizmati bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatmoqda.
«Xudoga shukrki, Ogudening xotini jinoyatchilar qo‘lidan qutqarib olindi. Hozirda u o‘z oilasi bilan birga», – deb yozadi terma jamoa matbuot kotibi Ebikagboro o‘z tvitterida.
Oldinroq, jinoyatchilar futbolchining xotini uchun pul talab qilgani xabar qilingandi.
Ularning talabi qondirilganmi yoki yo‘q, bu haqda ma'lumot berilmagan.