Jahon | 16:42 / 11.01.2016
5059
1 daqiqa o‘qiladi

"Anqara terakti"ning ikkinchi tashkilotchisi suriyalik bo‘lib chiqdi

Turkiya prokuraturasi Anqara terakti ijrochilaridan ikkinchisining shaxsini tasdiqladi. Bu haqida Hurriyet nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, bu terrorchining kelib chiqishi suriyalik hisoblanadi.

Prokuraturada uning ismi oshkor qilinmagan, faqat initsial (ismi va otasining ismi bosh harflari) keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 10 oktabrida Anqara markazida kurdlar tomonidan "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida mamlakat hukumatiga qarshi norozilik namoyishi uchun yig‘ilgan hududda xudkush-terrorist tomonidan terakt sodir etilgan va natijada 103 kishi halok bo‘lib, 500 nafarga yaqin kishi jarohat olgandi. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik terakt bo‘lgandi.

Anqara prokuraturasi bu terakt IShID bo‘linmasi tomonidan tashkil etilgani haqida xabar qilgandi.

Anqaradagi terakt

Turkiya bosh vaziri Anqaradagi terakt qurbonlari soniga aniqlik kiritdi