Jahon | 22:50 / 11.01.2016
6680
2 daqiqa o‘qiladi

Boku shahri savdo rastalaridan spirtli ichimliklar g‘oyib bo‘ldi

Bokuning savdo rastalaridagi spirtli ichimliklar yangi-alkogolli ichimliklarni faqat kredit kartasidan haq to‘langanidagina sotib olish mumkinligi to‘g‘risidagi tartib o‘rnatilganidan so‘ng g‘oyib bo‘ldi, deya xabar bermoqda Minval.az sayti.

Yangi norma mahsulot uchun haq to‘lash shaklinigina tartibga solishi, uning savdosi man etilmaganligiga qaramay, Bakudagi do‘konlarda spirtli ichimliklar “yo‘qolib qoldi”. Noma'lum sabablarga ko‘ra, uni karta orqali haq to‘langanida ham sotib olishning imkoni yo‘q, deya aniqlashtirmoqda internet nashri. Savdo do‘konlari xodimlarining ta'kidlashicha, rastalardan barcha spirtli ichimliklarni olib tashlashga buyruq berishgan, savdoni qachon yangilash mumkinligi aytilmagan.

Ozarbayjon hududida spirtli ichimliklar savdosi bo‘yicha yangi qoidalar Respublika prezidenti Ilxom Aliyev tomonidan o‘tgan yilning dekabr oyi boshida tasdiqlangan. Normativ aktlarga ko‘ra, 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab ushbu mahsulotlarni naqd pulga sotib olish mumkin emas, xarid karta orqali amalga oshirilganidagina qonuniy hisoblanadi.

Aktsiz markasi bilan belgilangan mahsulotlarga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish Ozarbayjonda byudjyet uchun yig‘imlarni nazorat qilishning shaffof shakli sifatida o‘rnatilgan. 2015 yilning fevral oyida Respublika hukumati mamlakatga import qilinayotgan alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz stavkalarini oshirdi, deya xabar beryapti, trend.az sayti.

Hajmning ortishi va aksizlarni yig‘ish mexanizmining yaxshilanishi mazkur yilda neft narhining ko‘tarilib tushishi va milliy valyuta – manat kursining o‘zgarishi sababli respublikada yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar tufaylidir.