Sport | 20:53 / 11.01.2016
6498
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun «Oltin to‘p» sovrindori aniqlanadi

Bugun Shveytsariyaninng Tsyurix shahridagi Zurich’s Kongresshaus muhtasham saroyida 2015 yilning yaxshilari taqdirlanadi. Ular qatorida "Oltin to‘p" (Ballond'Or) sovrindori ham mukofotlanadi.

Hozirda bu sovrin uchun da'vogar uch nafar futbolchi qolgan: "Barselona" hujumchilari Lionel Messi va Neymar hamda "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu. Messi bu mukofotni 2009-2012 yillar oralig‘ida 4 marta qo‘lga kiritgan. Ronaldu esa shu vaqtgacha 3 marta yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlangan.

“Oltin to‘p”ga nomzodlarni FIFA hamda France Football jurnali hamkorlikda aniqlaydi. Ular 23 familiyadan iborat ro‘yxatni tuzishadi, shundan so‘ng ovoz berish boshlanadi, unda terma jamoalarning bosh murabbiylari, jamoa sardorlari va nufuzli sport jurnallari ishtirok etadi.

Ovoz beruvchilar 3 nafar eng yaxshi nomzodni tanlaydi, yil futbolchisiga ma'lum bir miqdorda ballar beriladi: birinchi o‘ringa 5 ball, ikkinchi o‘ringa 3 ball va uchinchi o‘ringa 1 ball. Hisob-kitoblardan keyin finalchilar uchligi aniqlanadi.

Bundan tashqari, marosimda o‘tgan yilning eng yaxshi murabbiyi, o‘tgan yilning eng chiroyli goli, o‘tgan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi hamda yil terma jamoasi e'lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, marosim Toshkent vaqti bilan soat 22.30da boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish