Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzor tumanida “Kamolot” uylari foydalanishga topshirildi
Poytaxtimizning Chilonzor tumanida yosh oilalarga mo‘ljallangan “Kamolot” uylari foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Zamonaviy shaharsozlik va binokorlik talablariga mos, tabiiy iqlim sharoitini hisobga olgan holda qisqa muddatda bunyod etilgan har biri 32 xonadondan iborat 2 zamonaviy ko‘p qavatli uy qurilishida yurtimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallaridan foydalanilgani hamda maishiy elektr texnika vositalari bilan jihozlangani e'tiborga loyiq.


– Bu quvonchli voqea butun umr xotiramda qoladi, – deydi karate bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, Osiyo va jahon chempionatlari sovrindori Ulug‘bek Muhsimov. – Bugun oilamiz bilan yangi uyga ko‘chib o‘tdik. Prezidentimizning biz, yoshlarga ko‘rsatayotgan bunday yuksak e'tibori va g‘amxo‘rligiga xalqaro miqyosdagi ko‘plab yutuqlarimiz bilan javob beramiz.