Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Saudiya Arabistonini yadroviy dastur bo‘yicha imzolangan kelishuvni buzishga urinishda aybladi
Saudiya Arabistoni Eron va vositachilar oltiligi o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha imzolangan kelishuv shartlarining bajarilish jarayoniga monelik qilmoqda. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif The New York Times gazetasida chop etilgan maqolasida aytib o‘tdi.
“Saudiya Arabistoni, aftidan, yadroviy muammo tufayli yaratilgan tumanning tarqalishidan qo‘rqmoqda, axir unda global tahdid ko‘zga tashlanadi: uning ekstremizmni faol moliyalashtirayotgani. Yadroviy kelishuvni buzish, shuningdek, mintaqadagi keskinlikni saqlab qolish va hattoki chuqurlashtirish strategiyasi uch qismdan iborat: G‘arbga bosim o‘tkazish; Yamandagi urush va ekstremizmni moliyalashtirish orqali mintaqadagi beqarorlikni ushlab turish; Eronga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri provokatsiyalar”, - deb yozadi vazir materialda.
Ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng Eron hukumati bir necha bor Ar-Riyod bilan bog‘lanish va aloqalarni yaxshilashga uringan.