Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya chempionatidagi yana bir jamoada bosh murabbiy iste'foga chiqarildi
La-Liga debyutanti "Betis" jamoasi rahbariyati Pepe Melyani bosh murabbiy lavozimidan iste'foga chiqardi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.
52 yoshli bu mutaxassis 2014 yilning dekabridan buyon jamoa boshqaruvida edi. Aynan uning xizmatlari evaziga jamoa La ligaga qaytgandi.
Ayni vaqtda "Betis" Ispaniya chempionatining 19 tur uchrashuvlaridan keyin 20 ochko to‘plagan holda 15-o‘rinda joylashgan.
Melyaning o‘rniga kim olib kelinishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Jamoaning eng yaqin o‘yini 13 yanvar kuni Ispaniya Kubogi doirasida "Sevilya"ga qarshi o‘tkaziladi.
Shu tariqa Pepe Melya Ispaniya chempionatida 2016 yil hisobidan iste'foga chiqarilgan ikkinchi bosh murabbiy bo‘ldi. 3 yanvar kuni "Real" jamoasidan Rafael Benites ishdan bo‘shatilgan va uning o‘rniga Zinedin Zidan tayinlangandi.