Jahon | 12:17 / 11.01.2016
4058
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya yetakchisi KXDR bilan konfrontatsiyaga bag‘ishlangan bayonotini e'lon qiladi

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe 13 yanvar kuni KXDR o‘rtasidagi konfrontatsiya (qarama-qarshilik) manzarasida bayonot bilan chiqishni rejalashtirmoqda, deya ma'lum qildi 11 yanvar kuni prezident ma'muriyatining rasmiy vakili Chon Yon Guk.

“Prezident Pak 13 yanvar kuni bayonot bilan chiqadi va matbuot anjumanida ishtirok etadi”, - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Ryonhap agentligi.

Agentlikning prezident ma'muriyatidagi axborot manbasiga tayanib xabar qilishicha, Pak Kin Xe KXDRning yaqindagina o‘tkazgan yadro sinoviga “qattiq javob” to‘g‘risida ma'lum qilib, o‘z mamlakatiga taalluqli islohotlar to‘g‘risida ham axborot berib o‘tadi.

6 yanvar kuni Shimoliy Koreya AQShning tahdidlaridan himoyalanish uchun o‘z vodorod bombasini yaratganini ma'lum qilgan edi. Bunga javoban amerikaliklar kecha, 10 yanvar kuni Janubiy Koreyaga Tinch okeanining Guam orolidagi bazasida turgan atom bombasini tashiydigan V-52 bombardimonchisini joylashtirdi.

KXDRning markaziy “Nodon sinmun” gazetasi esa bunga davob sifatida “Atomga atom bilan, bu bizning javob” sarlavhali maqolani chop etdi. Maqolada aytilishicha, agarda atom qurolidan foydalanilsa, xuddi shunday javob qaytariladi.