Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Yunayted» Beyl uchun «Real»ga 120 million yevro taklif qilmoqchi
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi Madridning «Real» jamoasi yarimhimoyachisi Garet Beylni sotib olish fikridan qaytmayapti.
Britaniyaning The Times nashri bergan xabarga ko‘ra, ingliz klubi 26 yoshli uelslik futbolchi uchun mavsum yakunida 90 million funt (120 million yevro) to‘lashga tayyor.
Xabarda qayd qilinishicha, «MYu» o‘tgan yil yozda ham Beyl uchun xuddi shunga yaqin summa taklif qilgan, biroq «Real» bunga rad javobini bergandi.
Eslatib o‘tamiz, 2013 yilda vinger «Tottenhem»dan Madrid klubi safiga 85 million funt evaziga o‘tgandi.