Jamiyat | 09:52 / 11.01.2016
2891
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada futbol jamoasi avtobusi daryoga qulab tushdi

Meksikada havaskor futbol jamoasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, hodisa oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan va 10 kishi tan jarohatlari olgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchilar mingan avtobus tormozdagi nosozlik tufayli Atoyak daryosiga qulagan. Guvohlarning aytishicha, avtobus katta tezlikda harakatlangan va haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish