Jahon | 10:16 / 11.01.2016
5808
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: KXDRda vodorod bombasini yaratishda 500 kishi qatnashdi

Shimoliy Koreyada vodorob bombasini yaratishda 500 nafarga yaqin kishi ishtirok etdi. Dushanba, 11 yanvar kuni Shimoliy Koreyaning “Nodon sinmun” gazetasining birinchi sahifasida ularning mamlakat yetakchisi Kim Chen In bilan birgalikda tushgan fotosurati e'lon qilindi.

Kim Chen In vodorod bombasi yaratuvchilarini Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasiga taklif qildi va ular bilan birgalikda esdalikka suratga tushdi. Gazetaning qayd etishicha, ular orasida yadrochi olimlar va texnologlar, harbiy quruvchilar, ishchilar hamda rahbar kadrlar mavjud.

"Nodon sinmun"ning qayd etishicha, Kim Chen In vodorod bombasi yaratuvchilari xizmatini yuqori baholab, ularga yadroviy KXDR qudratini mustahkamlashdagi ilmiy-tadqiqot ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.