Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: o‘zini amerikalik deb atayotgan erkak KXDRdan qutqarishlarini so‘ramoqda
O‘zini Amerikaning fuqarosi deb atayotgan Kim Ton Chxol KXDRda josuslikda ayblanib qo‘lga olinganidan so‘ng AQSh va Janubiy Koreya hukumatiga murojaat qilib, qutqarib olishlarini so‘ramoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
“Mening vazifam harbiy sirlar va “mojaroli” sahnalarni suratga olishdan iborat edi. Mendan KXDRda boshqaruv tizimini yo‘q qilishda yordamlashish va hukumatda tashviqot materiallarini tarqatishni so‘rashdi”, - dedi u.
KXDR hukumati Amerika telekanaliga o‘zini Virginiya shtatida yashaganini iddao qilayotgan qo‘lga olinganning yoniga kirish uchun ijozat berdi. Intervyudan so‘ng telekanalga uning pasporti ham taqdim etilgan.