Texnologiya | 00:19 / 11.01.2016
5181
1 daqiqa o‘qiladi

Pavel Durov Saudiya Arabistonida Telegram ishida kuzatilgan nosozliklar to‘g‘risida xabar berdi

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Saudiya Arabistonida messenjer kechagi kundan beri nosozliklar bilan ishlayotgani to‘g‘risidagi ma'lumotni tasdiqladi.
U bu haqda tvitterda quyidagicha yozgan:

“Men Telegram trafigi Saudiya Arabistonida kechadan beri qisman cheklanganini tasdiqlayman” – deya yozgan u.

Durov nosozliklar sababi hali noma'lum ekanini qayd etgan.

Avvalroq Edvard Snouden Telegram ishlashining xavfsizligiga ikkilanish bildirgan edi.